Darhaqiqat, Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov viloyat rahbarining 2022-yil 15-sentyabrdagi 322-10-0-F/22-sonli hamda 2022-yil 27-sentyabrdagi 330-10-0-F/22-sonli farmoyishlari asosida mehnat taʼtiliga chiqarilgan.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasida “Xodimning arizasiga koʻra unga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi, lekin u oʻn ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak”, deb belgilangan.
Shunga koʻra, Chirchiq shahri hokimi D. Hidoyatov viloyat hokimligiga 14-sentyabrdan 16-sentyabr kuniga qadar ish haqi saqlanmagan holda mehnat taʼtili berilishini soʻrab yozma murojaat qilgan.
Viloyat hokimining joriy yil 15-sentyabrdagi Chirchiq shahri hokimi D. Hidoyatovni (oʻz hisobidan) mehnat taʼtiliga chiqishiga doir farmoyishi “E-qaror” elektron tizimiga ayrim texnik sabablarga koʻra xato kiritilgan.
Belgilangan tartibda viloyat hokimining 2022-yil 27-sentyabrdagi 330-10-0-F/22-sonli farmoyishi bilan 2022-yil 15-sentyabrdagi 322-10-0-F/22-sonli farmoyish oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish orqali oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan hamda mazkur xatolik mehnat qonunchiligiga muvofiq bartaraf etilgan