Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori imzolandi.
Unga ko'ra, yangi tashkil etiladigan issiqxona xo'jaliklari hamda tsement, g'isht va ohak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar berilishi taqiqlandi.
Darhaqiqat, anomal sovuq jarayonlarida viloyatda past quvvatda ishlayotgan ob'ektlar o'rganildi. Shundan 280 ta ijtimoiy soha ob'ekti muammolardan holi emasligi aniqlandi.
103 ta maktab, 133 ta bog'cha, 36 ta tibbiyot, 5 ta texnikum va 3 ta sport muassasalariga 396 ta ko'mirda ishlovchi qozonlar o'rnatiladi.
Dastlabki, hisob-kitoblarga ko'ra, mazkur ishlar uchun 11 millard 468 million so'm mablag' yo'naltirilishi reja qilindi.
Avval xabar berganimizdek, Chirchiq shahridagi 14-umumta'lim maktabiga eksperiment tariqasida o'rnatilgan maxsus qozonlar tabiiy gazni sezilarli darajada tejashga hamda issiqlikni maromida saqlashga yordam bermoqda.