Bizning yangi veb saytimiz
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 73

Zoyir Mirzayev Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi vakillari bilan muloqot qildi

photo2023-02-1617-53-24-2.jpg

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Rossiyaning “Tatneft” OTAJ bosh direktori Nail Maganov bilan uchrashdi.

photo2023-02-1617-55-42.jpg

Muloqotda hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududning investitsiya jabhalarida geologik qidiruv ishlarini olib borish, Toshkent viloyatida “Tatneft” yoqilg'i quyish shoxobchalari tarmog'ini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

photo2023-02-1617-55-41.jpg

Uchrashuvda Zoyir Mirzayev hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, neft sohasida tajriba almashish va ko'zda tutilgan loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda hamkorlik qilish taklifini bildirdi.

photo2023-02-1617-53-25.jpg

Shuningdek, “Angren” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasini oshirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.

photo2023-02-1617-54-51.jpg

photo2023-02-1617-54-41.jpg

Eslatib o'tamiz, “Tatneft” OTAJ yoqilg'i-energetika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha yurtimizdagi kompaniyalarning muhim sheriklaridan hisoblanadi.