Bizning yangi veb saytimiz
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 73

Zoyir Mirzaev: “Ishbilarmonlar bilan hamkorlikka, ularning manfaatli tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga hamisha tayyormiz”

img20220916211147136.jpg

Avval xabar berganimizdek,  Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev Koreya hamda Misr davlatlari yirik ishbilarmonlari Gibum Xong, Donvuk Li, Txekman Yun, Bong Kuen Li, Ben Chju Chjin va Abdulloh Saloh bilan Nurafshon shahrida uchrashib,  qurilish yo'nalishida taklif qilingan Toshkent aqlli tibbiyot shahri klasteri loyihasi yuzasidan fikr almashgan edi.

img20220916211155388.jpg
Shuningdek, Toshkent viloyatida integratsiya usulida zamonaviy Data-center markazini tashkil qilish masalalari ham ko'rib  chiqilgandi.

Bugun  koreyalik investor Lee Kil Tai bilan  bo'lib o'tgan muloqotda  Bo'stonliq tumanida yangi turizm yo'nalishlarini tashkil etish va mazkur hududda sentyabr oyi oxirida ushbu yo'nalishda faoliyat olib boradigan Koreya  kompaniyalari vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etish, qurilish va bunyodkorlik masalalari muhokama qilindi.

img20220916211149946.jpg
Zoyir Mirzaev koreyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikka hamisha tayyor ekanligini bildirdi.

img20220916211151843.jpg
Ta'kidlash joizki, yaqinda  Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev boshchiligidagi delegatsiya Seul va Inchon shaharlarida Janubiy Koreya va Birlashgan Arab Amirliklarining yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashgan edi.

Unda mamlakatdagi etakchi qurilish kompaniyalaridan biri hisoblangan Hanshin Engineering & Sonstruction ijrochi direktori Choi Mun Gyu bilan muloqot chog'ida “Nurafshon biznes siti” hududida ko'p qavatli uylar, mehmonxona va tijorat binolari qurish hamda turistik zonalar tashkil etish yuzasidan fikr almashilgan edi.

Jumladan, yaqin kunlarda Toshkent viloyatida koreyalik ishbilarmonlar bilan tashkil etiladigan uchrashuvlar ham mazkur muloqotlarning uzviy davomi bo'ladi.