Nurafshon shahrida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev Koreya hamda Misr davlatlari yirik ishbilarmonlari Gibum Xong, Donvuk Li, Txekman Yun, Bong Kuen Li, Ben Chju Chjin va Abdulloh Saloh bilan uchrashdi.
Unda koreyalik investor Gibum Xong bilan qurilish yo'nalishida taklif qilingan Toshkent aqlli tibbiyot shahri klasteri loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Toshkent viloyatida integratsiya usulida zamonaviy Data-center markazini tashkil qilish masalalari ko'rib chiqildi.
Viloyat hokimi o'z navbatida, mehmonlarni O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayramini Toshkent viloyati ahli bilan birgalikda nishonlashga taklif qildi.