Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev viloyat sektor rahbarlari hamrohligida Bekobod tumanining "Mallaboy" mahallasida xonadon soxiblari tomorqadan qanday foydalanayotganliklari bilan yaqindan tanishdi.
Viloyat rahbari mehnatkash xonadon sohiblariga bahorgi yumushlar yuzasidan o‘zining foydali tavsiyalarini berdi.
Xususan, viloyat va tuman sektor rahbarlari Aziz Mahmudov xonadonida bo‘lib, ushbu xonadon soxibining issiqxona, qoramolchilik, parandachilik yo‘nalishlaridagi ijobiy tajribalari ma’qul keldi.
Zoyir Mirzayev daraxtlar parvarishi, xususan, ularga ko‘klamgi shakl berish borasida o‘z tavsiyalari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.