Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Zarkent ota ziyoratgohi

Parkent tumanidagi Zarkent qishlog'ining yuqorisida – Chotqol tog' yon bag'rida joylashgan «Zarkent bobo», «Qush qo'nmas avliyo» nomlari bilan mashhur bo'lgan ziyoratgoh. Bu erdagi tabiiy buloq Zarkent qishlog'ini ichimlik suv bilan ta'minlaydi. Mahalliy aholining ta'kidlashicha, ushbu ziyoratgohning o'ziga xos noyob xislati mavjud. Birinchisi, bu joydagi daraxt va butalarga bulbuldan boshqa qush qo'nmaydi. Rivoyat qilinishicha, asli Shomda tug'ilgan va zamonasining ilmli kishisi bo'lgan Sayid Ja'far G'oziy Zarkentga keladi. Bu erda u kishiga Hizr alayhissalom uchraydi. Sayid Ja'far G'oziyning tashnaligini qondirish uchun hassasini toshga uradi va buloq paydo bo'ladi. G'oziy dushmanlari ta'qibidan xalos bo'la olmagach, ushbu buloq atrofidagi butazorga kirib ketgan va qaytib chiqmagan. Mahalliy aholining ta'kidlashicha, bu buloq suvidan ichgan odamlar bo'qoq kasali bilan deyarli og'rimas ekan.

Zarkent
Zarkent