Bizning yangi veb saytimiz
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 73

Yoshlar bilan bogʻliq murojaatlar qatʼiy tartibda, ular ishtirokida koʻrib chiqish amaliyoti keng joriy qilinadi

Viloyat hokimi oʻrinbosari Nurafshon shahri “Yoshlar markazi” binosida yoshlar bilan uchrashdi. 

photo2022-10-1316-24-18.jpg

Ochiq muloqot davomida viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Otabek Sultanbekov yoshlarning ishga joylashish, yer maydoni va bank krediti olish, sport zallari qurish hamda toʻgaraklar joriy qilish, kutubxona markazi tashkil qilish va bogʻchalar qurish kabi mavzulardagi oʻnlab murojaat va takliflarini tingladi.

Qoʻyilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi. Kredit va subsidiya olish, ishga joylashish istagidagi yoshlarning murojaatlari yuzasidan masʼullarga qatʼiy koʻrsatma berildi.

Yuqoridagi muammolar, taklif va tashabbuslardan kelib chiqib, soha vakillari tomonidan “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladigan boʻldi.

Shuningdek, jarayonda yoshlar tomonidan bildirilgan masalalarni koʻrib chiqish muddatlariga qatʼiy rioya qilish, mazkur murojaatlarining koʻpayish sabablarini aniqlash, ayniqsa takroriy murojaatlarga jiddiy eʼtibor berish va arizachilarning ishtirokida koʻrib chiqish amaliyotini kengroq joriy etish, bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻygan rahbarga chora koʻrish borasida ham kelishib olindi.