Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Nurafshondagi Prezident maktabi qachon ochiladi?

glavnij.jpgToshkent viloyati hokimligi “YAgona buyurtmachi xizmati”
Injiniring kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan
qurilish-ta'mirlash ishlari to'g'risida
M A ' L U M O T
foto1.jpg
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi “2021-2023 yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4936-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Prezident maktabi binosi qurish ishlari “Gold Step Invest” MChJ pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda.

foto2.jpg
Bosh pudrat tashkiloti bilan qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida 84 461 mlrd.so'mlik shartnoma tuzilgan, xozirgi kunga qadar 59 803 mlrd.so'mlik (71%) qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, buyurtmachi tomonidan 64 182 mlrd.so'mlik (76%) mablag' moliyalashtirilgan. Xozirgi kunda ob'ektda pardozlash ishlari olib borilib, oktyabr oyi yakuniga qadar qurilish-ta'mirlash ishlarini yakunlab foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

foto3.jpg