Sayt test rejimida ishlamoqda!
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Viloyatning 5 ta hududida perinatal markazlari tashkil etiladi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining shu yil 22 sentyabr kuni bo'lib o'tgan navbatdan tashqari sessiyasida viloyatda tumanlararo perinatal markazlar tashkil etish borasida ham so'z yuritildi.

Ayni damda mazkur ishlarga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Viloyatning YAngiyo'l, Olmaliq, Bekobod shaharlari hamda Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida shunday markazlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Xususan, ayni maqsadga Toshkent tumanida investitsiya dasturi asosida 18 milliard so'm mablag' yo'naltirilgan bo'lib, mazkur markaz noyabr oyida foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, Olmaliq shahrida ham OKMK homiyligi ostida markaz bino-inshootlari mukammal ta'mirlanib, yuqori texnologiyalar asosidagi tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.

YAna shuni ham qayd etish mumkinki, 2022 yil 1 maydan boshlab tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, viloyatning oilaviy poliklinikalarida bolalar bo'limlari tashkil etildi.

Mazkur sa'y-harakatlar onalik va bolalikni muhofaza qilish, ixtisoslashgan perinatal xizmatni aholiga yaqinlashtirish, eng asosiysi, go'daklar o'limini keskin kamaytirishga xizmat qiladi.