Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Viloyatimizdagi universitet talabasi shaxmat bo'yicha Jahon chempionatining saralash bahsida qatnashyapti

Joriy yil 25 oktyabrdan 8 noyabrgacha Latviyaning Riga shahrida 2021–2023 yilgi shaxmat bo'yicha jahon chempionati saralash bosqichining bir qismi bo'lgan "Grand Sviss Tournament" turniri bo'lib o'tmoqda.

Musobaqa dunyo bo'ylab 114 shaxmatchi ishtirokida, 11 turda, shveytsarcha shaklda o'tkazilib, uning sovrin jamg'armasi 425 ming dollarni tashkil etadi.

Unda O'zbekiston sharafini 4 nafar grossmeyster, jumladan, Nodirbek Yoqubboev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Shamsiddin Vohidov himoya qiladi.

Quvonarlisi, Chirchiq shahridagi O'zDJTSU 2-kurs talabasi Shamsiddin Vohidov (suratda chapdan uchinchi) chempionatning saralash bahsida qatnashmoqda.