Bizning yangi veb saytimiz
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 73

Viloyatda ta'lim muassasalarini o'quv yiliga tayyorlash va ularda qurilish-ta'mirlash ishlarini yakunlash bo'yicha sustkashlikka yo'l qo'yilib, muddatida foydalanishga topshirilmayotganligi borasida axborot berilmoqda

img20220913115153351.jpg

Unda viloyat hokimi o'rinbosari Sh.Mahmudov tadbirda qayd etilganidek, joriy yil mustaqillik yillarida eng ko'p ya'ni,1 trln 420 mlrd so'm davlat investitsiya mablag'lari evaziga jami 155 ta ijtimoiy muassasalar, jumladan 92 ta maktab, 43 ta maktabgacha ta'lim muassasalari 17 ta tibbiyot, 3 ta sport va boshqa ob'ektlar yangitdan qurildi va ta'mirlandi. Jami 9169 ta xonadonlarni jamlagan 222 ta ko'p qavatli uylar qurilmoqda, 1062 km ichki xo'jalik va magistral yo'llar, 19 ta ko'priklar ta'mirlash, 102 km ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda. 403,7 mlrd.so'm davlat mablag'lari hisobiga 44 ta mahallalar “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida obodonlashtirilmoqda.

img20220913115106591.jpg
Toshkent viloyatida 55 ta maktablarda qurilish ta'mirlash ishlari olib borilishi belgilangan. Shundan 6 tasi yangi qurilish, 39 ta rekonstruktsiya va 10 ta kapital ta'mirlash ob'ektlari.

img20220913115147290.jpg
Mazkur maktablarning 10 tasiga buyurtmachi etib, (2021-2022 yil) Xalq ta'limi vazirligi buyurtmachi DUK belgilangan.

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi buyurtmachi tomonidan 10 ta maktablarning  9 tasida qurilish montaj ishlari yakunlanib foydalanishga topshirish dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda. 1 tasida qurilish montaj ishlari 10 kun muddat ichida foydalanishga topshirilishi ta'minlanadi.

img20220913115348217.jpg
Toshkent viloyati hokimligi YAgona buyurtmachi xizmati IK buyurtmachiligida 44 ta maktablarni qurish va kapital ta'mirlash rejalashtirilgan. Bugungi kunda mazkur ob'ektlarni 35 tasida qurilish montaj ishlari yakunlanib foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda. 7 ta maktablarda qurilish ishlari 15 kun muddat bilan foydalanishga topshiriladi. 2 ta maktab yildan yilga o'tuvchi.

Qurilish ob'ektlari kechikishining sabablari loyiha smeta hujjatlaridagi narxlar optimallashtirildi.

Mazkur jarayonda loyihalarni optimallashtirish ularni qayta ekspertizadan o'tkazish hamda shaffof elektron tizim orqali pudratchilarni aniqlash bir muncha muddatli vaqtni talab etdi. (2 oy).

Shuningdek Vazirlar Mahkamasining 31 avgustdagi 138 sonli Rayosat bayoniga asosan 37 ta maktablar qurilishi uchun 95% gacha etishmayotgan 39,0 mlrd.so'm mablag'lar  sentyabr oyida ajratib berildi.