Bunday shakldagi uchrashuvlarda har shanba kuni viloyat sektor rahbarlari, mutasaddilar, xususan, mazkur masalaga bevosita aloqador va dahldor tashkilot-idoralari rahbarlari ishtirokida shu kunga qadar o'n mingga yaqin tadbirkorning murojaatlari ko'rib chiqildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo'nalishi etib belgilangan. Bunday qulaylik va imkoniyatlar natijasida yangi sub'ektlar keskin ko'payib, avvaldan ishlayotganlari faoliyatini kengaytirmoqda. Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni qariyb 3 baravarga oshdi, - deydi viloyat hokimining o'rinbosari Najmiddinxo'ja Sharipov.
Bugungi ochiq muloqotda tadbirkorlarni qiynayotgan turli masalalarga oid 150 dan ortiq murojaatlar o'rganildi.
Jumladan, murojaatlarning aksariyati moliya-kredit masalalariga borib taqalmoqda. Muammolardan yana biri er ajratish bilan bog'liq. Shuningdek, soliq, kommunikatsiya tizimlari bilan bog'liq masalalar ham ko'tarilib, mutasaddilarga tapshiriqlar berildi.