Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Viloyat hokimi ilg'or terimchilarni rag'batlantirdi

photo2021-09-1916-02-10.jpg

Bugun Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Yuqori Chirchiq tumanida bo'lib, paxta terimining borishi, terimchilarga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

photo2021-09-1916-01-54.jpg

Davron Hidoyatov tuman hokimi U. Atemov hamrohligida "Yassaviy Field" MChJ paxta maydonidagi terimchilar bilan uchrashdi. Ilg'or terimchilar viloyat hokimi tomonidan rag'batlantirildi.

photo2021-09-1916-02-00.jpg

Ta'kidlash joizki, bu yil tumandagi 120 ta fermer xo'jaliklari tomonidan 4000 gektar maydonda paxta etishtirilgan bo'lib, 13 ming 150 tonnalik xirmon ko'tarish mo'ljallanmoqda.

photo2021-09-1916-01-47.jpg

Shuningdek, tumandagi 138 ta otryadlarga 9660 ta terimchilar biriktirilgan bo'lib, ularning 5200 nafari fermer xo'jaliklari a'zolari, 4460 nafari uyushmagan aholi hissasiga to'g'ri keladi.

photo2021-09-1916-02-05.jpg

Davron Hidoyatov terimchilar bilan suhbati davomida barakali xirmon uchun hissa qo'shayotgan har bir terimchining mehnati alohida e'tirof va e'tiborga munosib ekanini alohida ta'kidladi.