Nurafshon shahridagi “NNT va Do'stlik uyi”da koreys xalqining O'zbekistonga ko'chirib kelinganining 85 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Unda viloyat hokimligi mutasaddilari, milliy madaniy markazlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Muloqotda so'z olganlar, koreyslar o'zbek xalqi bilan bir oiladek ahil, inoq hayot kechirib kelayotgani, aksariyat koreyslar o'zbek tilini yaxshi bilishi, urf-odatimizga hurmat bilan qarashlari, o'zaro muomala madaniyati, mehnatsevarlik kabi qadriyatlarimiz bir-biriga o'xshash ekanini ta'kidladilar.
Tadbirda koreys milliy urf-odatlarini aks ettirgan kontsert dasturlari namoyish etildi.