Bizning yangi veb saytimiz
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 73

Yuz bilan yuzlashib, davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor bo'lganlar orasida Olmaliq shahrilik Razavan aya Markabaeva ham bor

photo2022-08-3014-07-11.jpg

Har yili eng ulug', eng aziz bayramimiz arafasida ko'plab yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo'ladilar. Ular orasida 100 yoshdan oshgan nuroniylarimizga ham alohida ehtirom ko'rsatilib, "Shuhrat" medali berilishida ham juda katta ma'no bor. Negaki, ular bugungi tinch va dorilamon kunlarimiz qadri va shukronasini hammadan ham ko'ra ko'proq biladilar, desak aslo xato bo'lmas.

photo2022-08-3014-20-33-2.jpg

Yuz bilan yuzlashib, davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor bo'lganlar orasida Olmaliq shahrilik Razavan aya Markabaeva ham bor. 40 yil turmush o'rtog'i Normat ota bilan hayotning achchiq-chuchugini birga totishib, 10 nafar farzandni tarbiyalab, uyli-joyli qilishdi. Aya bugun 31ta nabira, 85 ta chevaraning qurshovida hayot kechirmoqdalar.

photo2022-08-3014-20-33.jpg

Bugun Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev onaxon umrguzaronlik qilayotgan xonadonda bo'lib, davlatimiz rahbari nomidan nuroniy ayaga "Shuhrat" medali va bayram tuhfalarini mamnuniyat bilan topshirdi.

photo2022-08-3014-20-35.jpg

O'zaro gurungda dorilamon kunlar shukronasi, yurtimizdagi, viloyatimizdagi yuksak o'zgarishlar, tinchlik-osoyishtalik ne'mati haqida gap bordi.

photo2022-08-3014-20-35-2.jpg

Onaxon duoga qo'l ochib, tinchligimizga ko'z tegmasin, xalqimizning boshi omon bo'lsin, ezgu ishlar boshida turgan Prezidentimizga kuch-quvvat bersin, deya duo qildi.

photo2022-08-3014-20-32.jpg