Bizning yangi veb saytimiz
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 73

Toshkent viloyatining maktablarida o'quvchilar 64 xil kasbga o'qitilmoqda

photo2023-02-1313-11-51.jpg

Prezident tashabbusi doirasida bugun har bir viloyatdagi umumta'lim maktablarida xorijiy tillar va kasb o'rgatish tizimini rivojlantirish bo'yicha amaliy harakatlar olib borilmoqda.

"O'zbekistonda 11 yil maktabda o'qigan bola chet tilini mukammal bilmaydi. Sharoit va mutaxassislar yo'qligi sababli yoshlarni kasblarga qiziqtirish muhiti shakllanmagan. Maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega bo'lmasdan kirib kelmoqda", deydi Shavkat Mirziyoev.

photo2023-02-1317-57-40.jpg

Tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o'quvchilar maktabning o'zida 64 xil ishchi kasblarga yo'naltiriladi.

Viloyatda tajriba sinov tariqasida har bir tuman-shahardan 3 tadan, ya'ni 66 ta umumta'lim muassasalarida o'quvchilar tomonidan so'rovnoma asosida 5 tadan 10 tagacha kasblar tanlab olindi. Muassasalarda maktab dasturidan tashqari qo'shimcha xorijiy til o'rgatish jarayoni ham boshlangan.

photo2023-02-1313-12-05.jpg

Hozirda mazkur maktablarda kasb-hunar ustaxonalari tashkil etilib, zarur jihozlar bilan ta'minlanmoqda.

Shuningdek, yoshlar etakchilari va tadbirkorlar ham jalb etilib, yoshlar jamg'armalaridan mablag'lar ajratish rejalashtirilgan.