Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Toshkent viloyatida planshetlar orqali qidiruvdagi shaxslar ushlanmoqda

ssss6.jpg

Toshkent viloyatida o'tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri doirasida YPX inspektori tomonidan qidiruvdagi shaxslar aniqlandi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati ma'lum qilishicha, joriy yilning 23 noyabr kuni Zangiota tumani “Nazarbek” mahalla fuqorolar yig'inida xizmat olib borayotgan YPX inspektori Sh.Mahamatov qoidabuzarlik sodir etgan piyodani to'xtatgan. Elektron tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida, 1970 yilda tug'ilgan Sh.N.ga nisbatan 2019 yil 1 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumani IIB tomonidan qidiruv e'lon qilingani aniqlangan. Qonunbuzar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 122-moddasi (Voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash) jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qochib yurgani ma'lum bo'ldi.

sss6.jpg

Shuningdek, Oqqo'rg'on tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori S.Jumaev piyoda I.Sh.ni qoidabuzarlik sodir etgani uchun to'xtatib, elektron tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida u ham qidiruvda ekanligini aniqladi. Tuman IIB tomonidan olib borilgan surishtiruvga ko'ra, hududda yashovchi ushbu shaxsga O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruv e'lon qilinib, 2019 yildan buyon voyaga etmagan bolalari uchun aliment to'lamasdan, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashirinib yurgani ma'lum bo'ldi.

ss7.jpg

YAna bir holatda YPX inspektori M.Usmonov YAngiyo'l shahrida xizmat olib borayotgan vaqtida qoidabuzarlik sodir etgan piyodani to'xtatgan. Holat bo'yicha elektron tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirish davomida mazkur fuqaroga ham Jinoyat ishlari bo'yicha YAngiyo'l shahar sudi tomonidan qidiruv e'lon qilingani aniqlangan. Surishtiruvlarga ko'ra, mazkur shaharda yashovchi 1968 yilda tug'ilgan K.N. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash) da ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qochib yurgani aniqlangan.

s5.jpg

Ushlangan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta'minlash maqsadida ular hududiy IIBga olib borilgan.