Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Toshkent viloyatida Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi

Bugun Toshkent viloyati hokimligining kichik majlislar zalida Janubiy koreyalik mehmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi Davron Hidoyatov Koreya Respublikasi Hwashin Cyber universitetining MDH davlatlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Kim, Sunggi bilan muloqot olib bordi.

Uchrashuvda “HWASHIN CYBER UNIVERCITY” ta’lim muassasasining 10 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan investisiya mablag‘lari hisobiga Toshkent viloyatida Koreya Respublikasi universitetining filialini yo‘lga qo‘yish taklifi muhokama qilindi.

Suhbat davomida mazkur loyihaning imkoniyatlari va ikki taraflama manfaatli jihatlari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanishicha, ta’lim dargohida sport zal, madaniyat saroyi, kutubxona binolarini qurish, ta’lim klsterini tashkil etish, buning uchun universitet qoshida maktabgacha ta’lim muassasasi, umumta’lim maktab binosi, 600 o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish, ta’lim jarayonini tashkil etishda mutaxassislik fanlaridan darslarga malakali xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb qilish lozimligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan talabalarga o‘z yo‘nalishlarida o‘quv mashg‘ulotlarini Koreya Respublikasi Hwashin Cyber universitetida davom ettirib, tegishli tartibda ushbu universitet diplomini olish imkoniyatini yaratib berish tartiblarini joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Aytish joizki, so‘nggi yillarda hududlarda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108 sonli farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar yaxshi natijalar berayotgani tilga olindi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik yuzasidan memorandum imzolashga kelishib olindi.