Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Tilga e'tibor mavsumiy emas, doimiy masala

photo2021-09-2020-15-49.jpg

Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi ishchi guruh tomonidan 21 oktyabr – O'zbek tili bayrami arafasida Ohangaron shahri hududida tashqi yozuv va reklama vositalari o'rganildi.

Toshkent viloyati hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi S.Fayzullaev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati hududiy bo'linmasi rahbari A.To'ychiev va mazkur sohaga hududiy mas'ullar tomonidan Ohangaron shahar hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlari, savdo nuqtalari peshlavhalari o'rganib chiqildi. Asosiy e'tibor ularning O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi "Tashqi reklama bozorini tartibga solish to'g'risida"gi 104-son qarori talablariga muvofiqligiga qaratildi.

Ohangaron shahrida ushbu yo'nalishda talay ishlar qilingani ishchi guruh a'zolari tomonidan e'tirof etildi.

Xususan, shahar ko'chalaridagi aksariyat tashqi yozuvlar va reklama e'lonlari hamda banerlar bugungi kun talabiga to'liq javob berayotgani hududda tilga e'tibor masalasi doimiy kun tartibida ekanidan dalolat beradi.

O'rganishlar doirasida tadbirkorlik sub'ektlari, tashqi reklama vositalarini ishlab chiqaruvchilarga barcha e'lonlar to'liq qonun hujjatlariga muvofiq holda chop etilishi kerakligi to'g'risida tushuntirishlar berildi. Ishchi guruh bu ishlarni amalga oshirishda tadbirkorlarga amaliy yordam ko'rsatishga hamisha tayyor ekanini bildirdi.

O'rganishlar davom etmoqda.