Haftaning bu galgi shanbasida ham O'rta Chirchiq tumanidagi viloyat Xalq qabulxonasida Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan tadbirkor va eksportyorlarning sohadagi mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini o'rganish, arizalarini qabul qilish yuzasidan ochiq muloqot o'tkazildi.
Unda Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari Najmiddinxo'ja Sharipov, sektor rahbarlari, mutasaddilar, xususan, mazkur masalaga bevosita aloqador va daxldor tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi.
Muloqot davomida 100 ga yaqin tadbirkorlarning bank krediti, savdo-sotiq, soliqlar to'lovlari, elektr energiyasi, gaz ta'minoti, faoliyatini kengaytirish kabi muammo va takliflari o'rtaga tashlanib, mas'ullar ishtirokida muhokama qilindi.
Sayyor qabulda 30 ga yaqin ishbilarmonlarning kredit, elektr energiyasi, qurilish kabi masalalardagi murojaatlari ijobiy hal etildi.Ayrimlariga huquqiy tavsiyalar berildi. Muddat talab etiladigan murojaatlarni tegishli tashkilotlar o'z nazoratiga oldi.