Ohangaron tumani “Susam” mahalla fuqarolar yig'ini hududida “To`qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona ishga tushirildi.
Umumiy qiymati 44 mlrd. so'm bo'lgan mazkur loyiha bir necha bosqichda amalga oshrilishi ko'zda tutilgan bo'lib, ishga tushgan birinchi bosqichda 3,5 mlrd so'm mablag' o'zlashtirilib, ishsiz bo'lgan 80 nafar xotin-qizning bandligi ta'minlandi.
Loyiha to'liq quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 1 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarilishi va uning ma'lum miqdori eksportga yo'naltirilishi ko'zda tutilgan.