Bizning yangi veb saytimiz
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 73

Shu kunlarda yurtimizda Koreya Respublikasining Kyonsan-Pukto provintsiyasi gubernatori Chol U Li boshchiligidagi to'qimachilik sanoati vakillaridan iborat delegatsiya mehmon bo'lib turibdi

photo2022-08-1117-20-18.jpg

Jumladan, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev Chol U Li boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

photo2022-08-1117-19-54.jpg

photo2022-08-1117-20-37.jpg

Muzokaralar chog'ida Toshkent viloyatida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan investitsiyaviy rejalar bilan bog'liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. "Nurafshon biznes siti"da olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan ma'lumotlar berildi. Koreya Respublikasi bilan o'zaro aloqalar, xalqaro miqyosdagi ilg'or tajribalar, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda xalqaro hamkorlikning o'rni yuzasidan fikr almashildi.

photo2022-08-1117-19-29.jpg

photo2022-08-1117-20-10.jpg

– Bugungi uchrashuv menda katta taassurot qoldirdi. Koreya va O'zbekiston, shu jumladan, Toshkent viloyati o'rtasida munosabatlar tobora rivojlanib borayotgani meni quvontiradi. Ayniqsa, markaziy viloyatning so'lim tabiati, rivojlangan infratuzilmasi bizga juda yoqadi. Bu jihat ham qaysidir ma'noda bizlarni shu hudud vakillari bilan yanada faol ishlashga undaydi. Maqsadimiz — qurilish, turizm to'qimachilik sohasidagi yangi texnologiyalar, zamonaviy uskunalar asosida hududlarda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, – dedi gubernator Chol U Li.

photo2022-08-1117-26-40.jpg

Uchrashuvda ta'kidlanganidek, Koreya Respublikasi to'qimachilik sohasi yutuqlari bo'yicha dunyoda etakchilik qiladi. Ayniqsa, sohaga raqamli va “yashil” texnologiyalarni tatbiq etishda katta imkoniyatga ega ekani e'tiborga loyiq.

photo2022-08-1117-26-48.jpg

Muzokaralar yakunida viloyat hokimi istiqbolli tashabbus va loyihalarni doimo qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini alohida ta'kidladi. YAqin istiqbolga xizmat qiluvchi hamkorlikka doir hujjatlar imzolandi.