ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Shu kunlarda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasining navbatdagi to'lqini barchani birdek tashvishga solmoqda

photo2022-06-2121-49-54.jpg

Xususan, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev boshchiligida tashkil etilgan yig'ilishda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari va infektsiyaga qarshi kurashga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko'rib chiqildi.

Jumladan, joriy yilning 20 iyun kuni Toshkent viloyatida 34 ta holatda koronavirus infektsiyasi ro'yxatga olinib, 19 iyun kuniga nisbatan kasallik ko'rsatgichi 30 taga ko'paygan.

Oxirgi 10 kun mobaynida jami 85 ta holat kuzatilib, ulardan koronavirus infektsiyasi Qibray, Chinoz tumanlarida 11 ta, O'rta Chirchiq va YAngiyo'l tumanlarida 10 dan ortiq holatda aniqlangan.

Olmaliq, Nurafshon shahar va Yuqori Chirchiq tumanlarida 1 nafardan, Oqqurg'on tumani va Toshkent tumanida 2 nafardan, YAngiyo'l tumanida 3 nafar, Qibray tumani va Chinoz tumanida 4 nafardan, O'rta Chirchiq tumanida 7 nafar, Zangiota tumanida 9 nafardan kasallanish holati ro'yxatga olingan.

Koronavirus infektsiyasining yoshma-yosh tahlili bo'yicha:

14 yoshgacha bo'lgan bolalar 3 ta (8,8%) , 15-19 yoshdagilar
3 ta (8,8%), 20-29 yoshdagilar 6 ta (17.6%), 30-39 yoshdagilar 3 ta (8,8%), 40-49 yoshdagilar 5 ta (14,7%), 50-59 yoshdagilar 2 ta (5,8%), 60 yosh va undan kattalar 12 ta (35,3%) ni tashkil etdi.

Qayd etilgan 34 nafar bemordan 31 nafari (91,2%) shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, viloyatning 22 ta shahar-tumanlarida maxsus poliklinikalar ish faoliyatini boshladi.

211 ta Tez tibbiy yordam brigadalari bugungi kunda aholiga tibbiy yordam ko'rsatib kelmoqda. 2022 yil 20 iyun holatiga jami chaqiriqlar soni – 3260 tani tashkil etgan.

Tana harorati ko'tarilganlar – 4 nafar, bronxopnevmoniya bilan og'riganlar qayd etilmagan.

Jami 55 ta mobil guruhlar faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

22 ta shahar-tumanlarda SALL markazlar faoliyat boshlash arafasida.

Koronavirus infektsiyasi xavfi oshishi kuzatilganda qo'shimcha ravishda 4 ta muassasa tayyor holda bo'lib, ularning 3 tasida kislorod stantsiyasi mavjud. (Ular 350 o'rinli “Nazarbek” sanatoriysi, 200 o'rinli Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, 140 o'rin viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi).

Ushbu 4 ta koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash markazlarining jihozlari konservatsiya qilingan.

1200 nafar shifokor va 2400 nafardan ortiq o'rta tibbiyot xodimlari koronavirus infektsiyasini davolash sertifikatiga ega. Shuningdek, ayni vaqtda jami 62 turdagi 998 mln 118 ming so'mlik dori-darmonlar zaxirasi mavjud.

Yig'ilishda koronavirusga qarshi kurashishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatishning sifati va samaradorligini oshirish, kunlik monitoring olib borish, sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va koronavirus pandemiyasining oqibatlarini bartaraf etishga oid bir qator tavsiyalar ham berildi hamda qo'shma qarorlar qabul qilindi.