Bizning yangi veb saytimiz
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 73

Sektorlar faoliyati bo'yicha reyting natijalari e'lon qilindi

Toshkent viloyati hokimligida sektorlar faoliyatida samaradorlikka erishish va joriy yilning 1-yarim yillik reyting natijalari tanqidiy tahlil qilindi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi direktorining birinchi o'rinbosari O.Xasanov, O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o'rinbosari S.Saidkarimov, Agentlikning viloyat filiali rahbari A.Xasanov, viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari hamda tegishli boshqarma va tashkilotlar boshliqlari ishtirok etishdi.
Ma'lumki, Davlatimiz rahbarining hududlarga qilgan tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi bilan hamkorlikda Respublikadagi barcha sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash (reyting) tizimi amaliyotga joriy etilgan. Shu bilan birga, sektor rahbarlarining “mahallabay” ishlash mexanizmi asosida sektor shtabida doimiy faoliyat olib borishini “Namangan tajribasi” asosida Respublikaning barcha hududlarida tizimli joriy etish yuzasidan vazifalar belgilangan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tizimli ishlar olib borilib, 13 ta asosiy indikatorlardan iborat baholash (reyting) tizimi va joylarda “mahallabay” va “xonadonbay” olib borilgan ishlarning haqqoniyligini o'rganish yuzasidan doimiy monitoring o'rnatildi.

Yig'ilishda Agentlik direktorining birinchi o'rinbosari O.Xasanov so'zga chiqib, olib borilgan o'rganishlar va monitoring natijalari, shuningdek, o'tkazilgan so'rovnomalar asosida joriy yilning yanvar-iyun oylari yakuni bo'yicha sektor rahbarlari faoliyatini baholash (reyting) natijalari, reyting ko'rsatkichlarini shakllantirishning asosiy mezonlari xususida fikr yuritdi. Tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi.

Unga ko'ra, respublika bo'yicha Toshkent viloyati 86,6 foiz natija bilan 6-o'rinni egallagan.
Xususan:
viloyat 2-sektori respublika bo'yicha 6-o'rinni;
viloyat 3- sektori respublika bo'yicha 13-o'rinni;
viloyat 1- sektori respublika bo'yicha 14-o'rinni;
viloyat 4- sektori respublika bo'yicha 26-o'rinni band etgan.
Viloyat miqyosida shahar va tumanlar kesimida yuqori ko'rsatkichga erishgan hududlar quyidagicha:

1-o'rin Oqqo'rg'on tumani,
2-o'rin Olmaliq shahri,
3-o'rin Yuqori Chirchiq tumani.

Shahar va tumanlar kesimida past ko'rsatkichni qayd etganlar:
20-o'rin Bo'stonliq tumani,
21-o'rin Bekobod tumani,
22-o'rin Chirchiq shahri.

Qayd etish joizki, mazkur baholash tizimi 3 ta yo'nalishga asoslangan bo'lib, sektor rahbarlari va kotiblarining bilim darajasi, aholining sektor rahbarlari faoliyatidan qoniqish darajasi hamda sektorlar faoliyatiga taalluqli bo'lgan 13 ta asosiy indikatorlar jamlanmasidan iborat.