Toshkent viloyati Parkent tumanidan XVI asrning oxiri – XVII asrning boshlariga oid xazina topildi.
Tumanda yashovchi Nasiba Begmatova joriy yilning 16 sentyabr kuni o'z uyining hovlisida o'ra qazdirayotganda ko'karib zanglab ketgan mis tangalar xazinasini topib olgan.
Xazina mutaxassislar, uy egalari va arxeolog guvohligida sanoqdan o'tkazilgan, ularning soni 939 ta ekanligi aniqlangan.
Shuningdek, tangalar topilgan joydagi tuproq orasidan o'lchami 25x25x5 santimetr bo'lgan pishiq g'isht bo'lagi, moviy rangda sirlangan va sirsiz idishlarning mayda parchalari saqlanganligi ma'lum bo'lgan.
Bizni kuzatishda davom eting. Bu haqda qo'shimcha ma'lumot beramiz.