ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Hokim va mahalla raislari uchrashuvi

photo2022-08-0514-51-12.jpg

Chirchiq davlat pedagogika universitetida YAngiyo'l, Chinoz, Quyi Chirchiq, Oqqo'rg'on tumanlari va YAngiyo'l shahrida faoliyat olib borayotgan 207 nafar mahalla raislarining o'quv-seminari tashkil etildi.

photo2022-08-0514-52-10.jpg

Mazkur o'quv-seminarlarga Oliy va o'rta maxsus ta'lim, Toshkent viloyati hokimligi, viloyat mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash boshqarmasi, Adliya boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish boshqarmasi vakillari trener-moderator sifatida taklif etilgan.

photo2022-08-0514-51-13.jpg

Shuningdek, mashg'ulotlar doirasida hududlarda sektor rahbarlari bilan uchrashuv ham belgilangan.

photo2022-08-0514-51-14.jpg

Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaevning mashg'ulotlarda qatnashayotgan mahalla raislari bilan uchrashuv tahliliy ruhda o'tdi.

photo2022-08-0514-52-13.jpg

Viloyat etakchisi mahalla raislarining vazifa va majburiyatlari haqida alohida, hayotiy misollar bilan to'xtaldi.

photo2022-08-0514-52-15.jpg

photo2022-08-0514-52-12.jpg

Suhbat chog'ida mahallabay ishlash tizimining mohiyati, fuqarolarning murojaatlari bilan tizimli ishlash, mahalla raisining hokim yordamchisi, yoshlar etakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori bilan hamkorlikda amalga oshiradigan vazifalari xususida ham batafsil so'z yuritildi.