Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan O'rta Chirchiq tumani, "Qumovul" hududidagi viloyat Xalq qabulxonasida “Davlat xizmatchilarida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va unga qarshi kurashish bo'yicha ijobiy xulqni shakllantirish” mavzusidagi o'quv-seminar o'tkazildi.
Unda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmasi, tuman hamda shahar mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari xodimlari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Seminarda korruptsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo'nalishlari hamda uning oldini olishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish masalalari yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida hokim yordamchilari faoliyatida yo'l qo'yilayotgan poraxo'rlik, mansabdorlik, firibgarlik va boshqa korrruptsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar, ularning echimi atroflicha tahlil qilindi.