Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Hokim yordamchilari mahalla ravnaqida munosib tayanch bo'ladi

photo2021-11-2518-54-48.jpg

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev Yuqori Chirchiq tumani mahallalarida yangi ish boshlagan hokim yordamchilari bilan uchrashdi. Muloqotda viloyat va tuman sektor rahbarlari ham ishtirok etdi.

photo2021-11-2518-54-50.jpg

Suhbat davomida ma'sullar Yuqori Chirchiq tumanida tadbirkorlik loyihalarini rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, kambag'allik va ishsizlikka barham berish maqsadida har bir mahallada joriy etilgan hokim yordamchisi lavozimiga oliy ma'lumotli, tajribaga va yuqori salohiyatga ega kadrlar tanlab olinganiga e'tibor qaratishdi.

photo2021-11-2518-54-43.jpg

YAngi lavozim egalari aholining foydali ijtimoiy mehnat bilan band bo'lmagan qismini kasb-hunarga o'qitish, tomorqadan unumli foydalanish, mahalla drayverlarini aniqlash kabi dolzarb yo'nalishlarda chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas'ul bo'ladi, deb ta'kidladi viloyat rahbari.

photo2021-11-2518-54-40.jpg

Ushbu masalaga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishda yangi lavozim egalarining dastlabki vazifalari belgilab berildi.