Bolalar masalalari bo'yicha viloyat komissiyasining 2022 yil uchun mo'ljallangan ish rejasiga muvofiq, Toshkent viloyati hokimligi, O'zbekiston milliy gvardiyasi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yil viloyatda faoliyat ko'rsatayotgan 11 ta oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun (jami 50 nafar) Samarqand shahriga 1 kunlik sayohat tashkil etildi.
Safar davomida ishtirokchilar Samarqand shahridagi Mirzo Ulug'bek rasadxonasi, Xo'ja Doniyor maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Bibixonim masjidi va maqbarasi hamda Registon maydonini borib ko'rishdi.
Sayohatda bolalar salomatligini to'liq nazoratga olish maqsadida 1 nafar tibbiyot xodimi hamda yo'l harakati xavfsizligini to'liq ta'minlash maqsadida 1 ta kuzatuv guruhi biriktirildi.
Ma'lumot o'rnida: Bu kabi sayohatlarni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad – voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.