ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Mo'ynoq ahliga Ohangaron shahridan alangali salom: shu kunlarda Ohangaron shahri mutasaddilaridan iborat delegatsiya Mo'ynoq tumanida bo'lib turibdi

img20220806084403999.jpg

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan Orolbo'yi hududini har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog'iston respublikasining tumanlari bittadan viloyatga biriktirilgan edi. Shu maqsadda, Toshkent viloyati hokimligi tomonidan belgilangan yo'l xaritasi asosida Mo'ynoq tumanida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.

img20220806084410362.jpg

Jumladan, Mo'ynoqda 2022-2023 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar belgilanib, tumanning har bitta og'ir hududiga viloyatimizning tegishli tuman va shaharlari mas'ullari biriktirilgan edi.

img20220806084407869.jpg

Xususan, sanoat, xizmat ko'rsatish va qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirish bo'yicha Mo'ynoqda amalga oshiriladigan vazifalar ko'lami nihoyatda keng bo'lib, ularning amalga oshishi orolbo'yi mintaqasi ahlining turmush farovonligini oshirishda katta ijobiy samaralar berishi shubhasiz.

img20220806084408496.jpg

Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov tashabbusi bilan ayni paytda shahar mas'ullaridan iborat vakillar Mo'ynoq tumanining "Hakim ota" mahallasida bo'lib, hudud ahlining og'irini engil qilish borasida bir qator ishlarni bevosita joyida amalga oshirishmoqda.

Xususan, kuni kecha hududga obi hayot olib kiruvchi asosiy ariq zovurlarning 9 kilometrlik qismi ekskavator yordamida tozalandi. Mahalliy aholining so'zlariga ko'ra, qariyb 30 yil mobaynida mazkur suv tarmoqlari qarovsizlik oqibatida nihoyatda ayanchli holatga kelib, bu maishiy va xo'jalik turmushda ko'pgina muammolarni keltirib chiqarayotgan edi.

img20220806084412025.jpg

Ohangaron shahar hokimi A. Eshonqulov Mo'ynoq tumani hokimi M. Menglibaev bilan uchrashib, galdagi muhim vazifalar, imkoniyatlar yuzasidan kelishib olishdi.

Shuningdek, bugun kun davomida mahallada Ohangaron shahri ko'magida tashkil etilgan aholiga maishiy xizmat ko'rsatish ob'ekti foydalanishga topshiriladi.

img20220806084406526.jpg

Mo'ynoq safarining bu galgi dasturidan kichkintoylarga e'tibor ko'rsatish alohida o'rin egallagan. Shu sababli, mas'ullar hududdagi maktabgacha ta'lim tashkilotida ham bo'lib, bolajonlarga sovg'a-salomlar bilan quvonch ulashdilar.

Bugun mahallada kam ta'minlangan oilalar farzandlarining 6 nafarining sunnat to'ylarining o'tkazilishi esa, mahalla ahliga chinakam shodiyona kayfiyatini hadya etadi.