Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Ko'p qavatli uylar ko'rkam bo'lsin, ammo oldinda qish ham bor...

photo2021-09-1918-06-04.jpg

Xabaringiz bor, Chirchiq shahridagi ko'p qavatli uylar atrofini obod etish, bu hududlardagi ijtimoiy soha ob'ektlari, xususan, maktabgacha ta'lim tashkiloti, mahalla fuqarolar yig'ini binolaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

photo2021-09-1918-06-11.jpg

Mazkur shaharni aholi uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega maskanga aylantirish, shu namuna asosida viloyatning boshqa tuman-shaharlarini rivojlantirish bo'yicha viloyat hokimi boshchiligida ko'lamli harakatlar davom etmoqda.

photo2021-09-1918-05-57.jpg

Bugun viloyat rahbari bir guruh mas'ullar hamrohligida Chirchiq shahridagi "Iftixor" MFYda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini yana bir bor borib ko'rdi.

photo2021-09-1918-06-15.jpg

Ayni kunlarda hududdagi madaniyat saroyini qayta ta'mirlash, shuningdek, mahalla, bog'cha, maktablarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari avj pallada.

Davron Hidoyatov shahardagi 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti, 7-sonli umumta'lim maktabi hamda Xaydar Maqsudov mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari sifatiga e'tibor qaratdi.

photo2021-09-1918-06-01.jpg

O'rganishlar davomida qurilish borasida ayrim kamchiliklar borligi tanqid qilindi.

Qish mavsumi oldidan ko'mir, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta'minoti bo'yicha zaruriy choralar ko'rish topshirig'i berildi.

Shuningdek, viloyat hokimi shahardagi ko'p qavatli uylarning texnik holatini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Shahar hududidagi temir yo'li atrofidagi bo'sh erlardan unumli foydalanish yuzasidan shahar hokimiga aniq ko'rsatma va topshiriqlar berildi.