Bizning yangi veb saytimiz
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 73

Koreyaning 114 ta yirik kompaniyasi vakillari bilan yangi loyihalar istiqbollari muhokama qilinmoqda

img20220705124954181.jpg

Ayni vaqtda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Yuqori Chirchiq tumanidagi Astrum IT akademiyasida Koreyaning 114 ta yirik kompaniyalari vakillari hamda 200 dan ortiq tadbirkorlari ishtirokida muloqot bo'lib o'tmoqda.

img20220705124951047.jpg

Shu kunlarda bo'lib o'tayotgan O'zbekiston va Koreya biznes forum doirasida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda "Nurafshon biznes-siti"da amalga oshirilayotgan ishlar, "Angren" erkin iqtisodiy zonasi faoliyati, hududlar imkoniyatlari, biznes uchun berilgan imkoniyatlar, investorlarga yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumot berib o'tildi.

img20220705124947696.jpg

Muloqot davomida turizm, ta'lim, qurilish va bunyodkorlik kabi yo'nalishlarda hamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan kelishuvlarga erishildi hamda memorandum imzolandi.

img20220705124957447.jpg

Forum doirasidagi muzokaralarda Toshkent viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Muzaffar Fayziev ishtirok etmoqda.