2022 yilda Toshkent viloyatidan 176,1 million dollar miqdoridagi 258,6 ming tonna meva-sabzovot mahsulotlari eksport qilindi. Bu esa 2021 yilga nisbatan 10,9 foiz ko'p, degani.
Eksport geografiyasi yangi bozorlar hisobiga kengayishda davom etmoqda.
Jumladan, eng ko'p meva-sabzovot mahsulotlari Rossiyaga, (79,9 mln. dollar), Xitoy (41,8 mln. dollar), Qozog'iston (21,3 mln dollar), Tojikiston (4,1 mln. dollar), Afg'oniston, (2,9 mln. dollar), Germaniya, (1,8 mln. dollar), Belarus (1,2 mln. dollar), AQSh (1,2 ml. dollar), BAA (1,1 mln. dollar) hamda Polsha (9 mln. dollar) kabi 40 dan ortiq davlatlarga sotilgan.
Shuningdek, eksportga chiqarilgan mosh 59,7 ming tonna, uzum 40,2 ming tonna, karom 15,9 ming tonnani tashkil etgan bo'lsa, qovun-tarvuz, xurmo, anor, gilos, olxo'ri, olma mevalari, ko'katlarning ham xalqaro bozorlarga kirib borishi o'tgan yillarga qaraganda anchayin o'sganligini ko'rish mumkin.