Bugun viloyatimiz ulkan bunyodkorlik, qurilish maydoniga aylangan va bu jarayonlarda xorijlik investorlar ham katta qiziqish bilan, faol ishtirok etishmoqda.
Bugun Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev Dubay, Britaniya, BAA, Gollandiya, Hindiston va Qozog'iston davlatlaridan kelgan qurilish bo'yicha delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ko'p qavatli turar-joylar, zamonaviy binolar qurilishiga oid masalalar muhokama qilindi va bu borada mamlakatimizda yaratilayotgan sharoitlar xususida fikr almashildi. Mehmonlar hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini aytib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Xorijlik mutaxassislar “Nurafshon Business Sity”da ham Dubay shahridagi kabi eng zamonaviy bunyodkorlik loyihalarini taklif qilishdi.
Shu bilan birga, hududda turizmni rivojlantirish bo'yicha Bo'stonliq tumanida sayyohlar dam olishi uchun qulay turizm ob'ektlarini ko'paytirish borasida fikrlar bildirildi.
Ma'lumot o'rnida aytish mumkin, hozirgi kunda ushbu kompaniya YAngiyo'l shahrida zamonaviy tipdagi turar-joy va ko'ngilochar maskanlarini qurishni boshlab yuborgan.