ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

"Xavfsiz hudud" doirasida turli tadbirlar tashkil etilmoqda

photo2022-08-0417-03-36.jpg

Toshkent viloyati yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan "Xavfsiz hudud" profilaktik tadbiri doirasida Toshkent tumanidagi "Oqtosh" mahallasida "Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi" o'tkazildi.

photo2022-08-0417-03-13.jpg

Toshkent tumani aholi bandligiga ko'maklashish markazi, "Oqtosh" mahallasi raisi, hokim yordamchisi, yoshlar etakchisi va ayollar faoli hamkorligida o'tkazilgan tadbirda mahallada istiqomat qiluvchi vaqtincha ishsiz bo'lgan 70 nafar fuqaro ishtirok etdi.

photo2022-08-0417-03-42.jpg

Mehnat yarmarkasi davomida 20 dan ortiq korxona o'zining 120ga yaqin bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi.

photo2022-08-0417-03-28.jpg

Aholi o'rtasida ishsizlikni va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan ushbu profilaktik tadbir davomida 5 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta'minlandi. 8 nafariga o'qishga yo'llanma topshirilgan bo'lsa, qolgan barcha yarmarka qatnashchilariga huquqiy maslahatlar berildi.