Bugun mahallalarda ish yuritayotgan yoshlar etakchilari yosh avlodni qo'llab-quvvatlash, ularning taklif va tashabbuslarini ro'yobga chiqarishda hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda. O'z navbatida, bu jarayonda faollik ko'rsatayotganlar munosib taqdirlanmoqda.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev birinchi yarim yillik holatiga ko'ra, natijalari eng yuqori bo'lgan mahalla yoshlar etakchilarini taqdirladi.
Bugun viloyat hokimining o'rinbosari Jamshid Bobojonov, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi rahbari Miraziz Mirsultonov ishtirokida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Sektorlar kesimida 1-o'rinni qo'lga kiritgan 88 nafar eng faol etakchilar 2 mln so'm miqdoridagi pul mukofoti va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
2-o'rinni qo'lga kiritgan eng faol etakchilar 3 kunga Xorazm safariga yo'l oladi.
3-o'rin sohiblarining ota-onalari nomiga viloyat hokimi nomidan tashakkurnomalar topshiriladi.
Munosiblarni taqdirlash bundan keyin ham davom etadi.