Bugun EFFECT.UZ saytida Angren shahri hokimi Alisher Raimovga tegishli, deb aytilayotgan audioyozuv tarqaldi. Ushbu holatda audiodagi ovoz egasi haqiqatan ham Angren shahar hokimi Alisher Raimov ekanligi aniqlandi.
Holat bo'yicha viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasining yig'ilishi chaqirilgan. Komissiya Angren shahri hokimining xatti-harakatlarini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 595-sonli qarori me'yorlari bo'yicha ko'rib chiqadi.
Komissiya xulosasi asosida viloyat hokimi tegishli qaror qabul qiladi. Komissiya xulosasi va viloyat hokimining qarori rasmiy veb saytimizda e'lon qilinadi.