Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Dolzarb 40 kunlik — bolalar bog'chasida

Bugun insoniyatning tabiatga nisbatan salbiy munosabatining ayanchli oqibatlariga guvoh bo'lib turibmiz. Yillar davomida tabiatga etkazilgan ozorlar tufayli tabiiy muvozanatga putur etdi. Bugungi vaziyat esa davr ekologik muammolarni tezkorlik bilan hal etishni taqozo etmoqda.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy yilning 10 dekabriga qadar mamlakatimizda daraxt ekish bo'yicha “Dolzarb 40 kunlik” e'lon qilingan edi.

Toshkent tumanida ham "Dolzarb 40 kunlik"ka uyushqoqlik bilan kirishildi va “YAshil makon” aktsiyasi barcha korxona va tashkilotlar, ijtimoiy soha ob'ektlarida davom etmoqda.

Bu safargi aktsiya maktabgacha ta'lim tashkiloti, ya'ni bog'chalar bo'ylab bo'lib o'tdi.

Alohida ta'kidlash joizki, tuman hokimi Odilxon Rustamov tashabbusi bilan ijtimoiy soha ob'ektlarining bo'sh maydonlarini “YAshil makon”ga aylantirish uchun 15 ming tup manzarali va mevali daraxt ko'chatlariga mahalliy byudjetdan mablag' ajratildi.