Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Chirchiq shahrida "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarka”si ish boshladi

photo2021-11-2511-31-54.jpg

Chirchiq shahrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar ishtirokida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarka”si bo'lib o'tmoqda.

photo2021-11-2511-32-03.jpg

Ayni paytda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport majmuasining yopiq maneji binosida yarmarkaning birinchi kuni boshlandi. Mazkur amaliy tadbir O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 maydagi 324-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatida tarmoqlararo va hududiy korxonalar o'rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, yangi hamkorlar topish, buyurtmalar portfelini shakllantirish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi, tegishli tashkilot va korxonalar hamkorligida tashkil etildi.

photo2021-11-2511-32-50.jpg

Tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o'rinbosari Galina Saidova, viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Muzaffar Fayziev, Chirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatov, viloyat hokimligi va savdo-sanoat palatasi mas'ullari ishtirok etdi.

photo2021-11-2511-33-00.jpg

Asosiy e'tibor mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlash, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda yangi mahsulot turlarini o'rganishga qaratilgan. Shuningdek, kelgusida sanoat kooperatsiyasini yo'lga qo'yish va ish ko'lamini kengaytirish uchun buyurtmalar portfeli (shartnoma va memorandumlar) shakllantiriladi.

photo2021-11-2511-32-07.jpg

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida mamlakatimizning turli hududlaridan yirik sanoat tarmoq korxonalari va tadbirkorlik sub'ektlari vakillari o'z mahsulotlari bilan qatnashyapti.

photo2021-11-2511-32-55.jpg

Ikki kunga mo'ljallangan yarmarka ertaga, 26 noyabrda o'z ishini yakunlaydi.