Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Chirchiq shahri mezbonlik qilayotgan “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarka”sida mingga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchilar qatnashmoqda

rrrrrrrr1.jpg

Ayni paytda Chirchiq shahrida navbatdagi “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarka”si qizg'in davom etmoqda.

Unda respublika hududlaridan jami 978 nafar mahalliy ishlab chiqaruvchi 4 ming 421 turdagi mahsulotni namoyish qilmoqda.

rrr6.jpg

YArmarkaning birinchi kunida eksportbop va import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ko'rgazmalari va ishlab chiqarish loyiha takliflari va sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish maqsadida taqdimotlar qilinadi.

rrrrrr1.jpg

Dastlab ko'rgazma stendlari bilan tanishish asnosida “OKMK” AJning mahalliylashtirish va kooperatsiya dasturi bo'yicha taqdimoti o'tkazildi.

rr4.jpg

Shuningdek, kun davomida “Sooperation.uz” elektron kooperatsiya portalining mohiyati, imkoniyatlari va shartnomalarni tuzish shartlari bo'yicha atroflicha ma'lumot beriladi.

r3.jpg

“O'zmetkombinat”, “O'zkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyatlari, “O'zeltexsanoat” va “O'zqurilishmateriallari” uyushmalarining tarkibiga kiruvchi tashkilotlarningning mahalliylashtirish va kooperatsiya dasturi taqdimotlari ham bo'lib o'tadi.

rrrrr2.jpg

Shu bilan birga, ko'rgazmada namoyish etilgan va import qilinayotgan mahsulotlar namunalarini tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan o'zlashtirish bo'yicha "B2B" shaklida muzokaralar olib borish va hamkorlik bitimlari tuzish jarayonlarida O'zbekiston Respublikasi Elektron kooperatsiya portali mutaxassislari tomonidan amaliy yordam ko'rsatilishi ko'zda tutilgan.

rrrrrrrrrr.jpg

YArmarka davom etmoqda.