- Viloyat katalogi
- Rahbariyat
- Markaziy apparat
- Boshqarma va tashkilotlar
- Shahar va tuman sektorlari
- Tashkiliy tuzilma
- Mutaxassislar
- Viloyat hokimligining nizomi
- Hokimlik ish kun tartibi
- Viloyati hokimligi manzili
- Bo'sh ish o'rinlari
YANGILIKLAR
- Bosh sahifa
- Viloyat hokimligi
- Rahbariyat
Rahbariyat

Toshkent viloyati hokimi
Mirzayev Zoyir Toirovich
Telefon: (+998) 71 232-80-04
Faks: 0 370 76 21-988
E-mail: tv.hokimi@toshvil.uz
Qabul kunlari: Maxsus grafik asosida, joylarda
Majburiyatlar
Viloyat hokimi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunda ko'rsatilgan vakolatlarini yakka boshchilik asosida amalga oshiradi.
Viloyat hokimi viloyatning tegishli vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Vakolati doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va xalq deputatlari viloyat Kengashi oldida hisobdordir.
Quyidagilar viloyat hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- O'zbekiston Respublikasining Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining me'yoriy hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
- jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog'liq barcha chora-tadbirlarni ko'radi. Tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
- viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini, viloyat byudjetining asosiy ko'rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari viloyat Kengashining tasdig'iga taqdim etadi;
- o'z o'rinbosarlari va ijroiya hokimiyati tizimi bo'linmalarining rahbarlarini tegishli tartibda lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish to'g'risidagi qarorlarini xalq deputatlari viloyat Kengashi tasdig'iga taqdim etadi;
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda viloyat hokimining o'rinbosarlarini, tuman va shahar hokimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini tegishli Kengashlarning tasdig'iga kiritadi;
- shahar va tuman hokimlarning qarorlarini agar ular O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, Oliy Majlis, Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlariga zid bo'lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to'g'risida taqdimnoma kiritadi;
- xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi qabul qilgan qaror va farmoyishlarini bajarmagan hollarda mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to'g'risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
- davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni ko'rib chiqadi va takliflar kiritadi;
- Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko'rib chiqadi;
- o'ziga berilgan vakolatlar va amaldagi qonunlar doirasida viloyatdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi;
- zaruratga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyalarga raislik qiladi, kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan takliflar beradi. Kengash qarorlariga imzo qo'yadi va tasdiqlaydi;
- ish faoliyati yuzasidan bir yilda bir marta xalq deputatlari viloyat Kengashiga hisobot beradi.
Quyidagi viloyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va birga ish olib boradi:
- Toshkent viloyati prokuraturasi;
- Toshkent viloyati prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
- Toshkent viloyati adliya boshqarmasi;
- Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi;
- Toshkent viloyati sud departamenti;
- Toshkent viloyati Davlat bojxona boshqarmasi;
- Toshkent viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi;
- Chegara qo'shinlari “Toshkent” tezkor guruhi;
- Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi;
- O'zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi viloyat filiali homiylik kengashiga raislik qiladi.
- Viloyat «Ma'naviyat va ma'rifat» Kengashiga raislik qiladi.
Viloyat hokimi quyidagi komissiyalarga raislik qiladi:
- Narkotik moddalarini nazorat qilish Mintaqaviy komissiyasi
- Odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha viloyat hududiy idoralararo komissiyasi;
- Voyaga etmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiyasi
- Kasb-hunar kollej va akademik litseylar direktorlik lavozimiga tanlov o'tkazuvchi viloyat komissiyasi
- Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha muvofiqlashtirish viloyat Kengashi;
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-3434-son Farmonini amalga oshirilishini ta'minlash chora-tadbirlar Dasturini amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi doimiy komissiyasi;
- Viloyat hududida barqarorlikni ta'minlash va jinoyatchilikning oldini olish ishlarini muvofiqlashtiruvchi doimiy komissiyasi;
- Viloyat hokimligi huzuridagi Xorijiy fuqarolarga shu jumladan MDH qatnashchilari bo'lgan davlat fuqarolariga hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga viloyat hududida yashash uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek ularni doimiy ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqish bo'yicha maxsus komissiyasi;
- Geografik ob'ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo'yicha viloyat komissiyasi;
- Davlat mulkini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar evaziga investorlarga tanlov asosida “nol” xarid qiymatida sotish bo'yicha viloyat hududiy tanlov komissiyasi.

Viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i
Fayziev Muzaffar Yusupalievich
Telefon: 71-232-80-25
E-mail: m.fayziyev@toshvil.uz
Qabul kunlari: Seshanba 14:00 dan 16:00 gacha
Tarjimai hol
Majburiyatlar
Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, moliya iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlari, Toshkent viloyati hokimining mazkur majmua faoliyatiga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining bajarilishi bo'yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta'minlashga va nazorat qilishga shaxsan javob beradi.
- Toshkent viloyatining sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari majmuasi faoliyatini boshqaradi va Toshkent viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol muammolarini hal etish choralarini ko'radi.
- Majmua tarkibidagi bosh boshqarma, boshqarma, idora va tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni ta'minlaydi.
- O'zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta'minlash:
- viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy ko'rsatkichlarini shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, xizmat ko'rsatish, chakana savdo aylanmasi, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;
- iqtisodiyot masalalari bo'yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo'mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o'rtasida muloqot o'rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so'zsiz amalga oshirish;
- tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo'lga qo'yish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish;
- iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, mahalliylashtirish, qishloq xo'jaligini barcha sohasini, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so'zsiz amalga oshirishni ta'minlash;
- kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta'minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;
- qishloq xo'jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo'jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- dunyodagi narx kon'yunkturasini o'rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta'minlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
- inson manfaatlarini ta'minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;
- hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo'naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo'jaligi xomashyosini sanoat yo'li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo'yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
- sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
- mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha sanoat korxonalariga, birlashma va korxonalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishiga, sanoat korxonalari rivojlanishini ta'minlash ishlariga rahbarlik qiladi.
- sanoat ishlab chiqarishi infratuzilmasini rivojlantirishga oid takliflarni ko'rib chiqadi va nazorat qiladi;
- hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish va ishlab chiqarish sohalari dasturlarini hamda viloyat byudjeti loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qiladi;
- viloyat byudjeti ijrosini ta'minlash borasida barcha iqtisodiy masalalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini ta'minlash maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishga, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, innovatsion rivojlanish mexanizmini izchil joriy etishga yo'naltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, bandlikni, aholi daromadlari o'sishini va hayoti darajasi oshishini ta'minlash choralarini ko'radi;
- ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o'rinlari tashkil etish hisobiga band bo'lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ishga joylashtirishni ta'minlash bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish choralarini ko'radi;
- qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, xususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
- iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada islohotlarning strategik vazifalariga va ustuvor yo'nalishlariga muvofiq ilmiy va texnologik salohiyatni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanish choralarini ko'radi;
- iste'mol tovarlari, aholini iste'mol tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta'minlash bo'yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko'rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- chakana va ulgurji savdoni, pulli xizmatlar ko'rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko'rsatishining yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek savdo va xizmatlar ko'rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
- Toshkent viloyati hokimligi tarmoq majmualari o'rtasidagi xo'jalik-shartnomaviy va kredit-moliyaviy munosabatlarni muvofiqlashtiradi. Viloyatning kredit va valyuta resurslarini ishlatish huquqiga ega bo'lgan organlar tomonidan ularni sarf etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko'rsatish tarmoqlarini rivojlantirish, bozorni xalq iste'moli mollari bilan to'ldirish, xizmat ko'rsatishni yaxshilash kabi masalalar bilan shug'ullanadi;
- viloyat hududida joylashgan dehqon va buyum bozorlarining ishini takomillashtirish, rivojlantirish yuzasidan tashkiliy-uslubiy tadbirlarni amalga oshiradi. Majmua tasarrufidagi rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahrasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi;
- majmua tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo'yish, tayinlash va vazifasidan ozod etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi;
- majmuaga qarashli rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahrasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi. Zaxiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarini tashkil etadi;
- viloyat hokimi qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolaydi;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko'rib chiqadi. Tasdiqlangan jadvalga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
- o'z vakolati doirasida O'zbekiston Respublikasi hukumat organlarida viloyat hokimligi nomidan vakillik qiladi.
Quyidagilar faoliyatini muvofiqlashtiradi va birgalikda ishlarni tashkil etadi:
- Viloyat hokimligi sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha kotibiyati;
- Viloyat hokimligi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko'maklashish va qo'llab-quvvatlash guruhi;
- Viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi;
- Viloyat Davlat soliq boshqarmasi;
- Viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi;
- O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki viloyat bosh boshqarmasi;
- Viloyat bandlik bosh boshqarmasi;
- “Toshviloyatbozorsavdo” uyushmasi;
- Mulkchilik shaklidagi qat'iy nazar barcha banklar, sug'urta korxonalarining viloyat bo'limlari va filiallari;
- O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi;
- Viloyat iste'molchilarni huquqini himoya qilish federatsiyasi ijro apparati;
Quyidagilar bilan hamkorlikni uyushtiradi:
- O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining viloyat g'aznachilik boshqarmasi;
- O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining viloyat moliyaviy nazorati boshqarmasi;
- O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining viloyat boshqarmasi;
- Viloyat statistika boshqarmasi;
- O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi;
Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:
- Muddati o'tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va byudjet to'lovlari intizomini mustahkamlash bo'yicha komissiyasi;
- Moliya xo'jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o'zlarining ustav jamg'armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo'yicha maxsus komissiyasi;
- Mahalliy xom-ashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kompleks dasturini amalga oshirish masalalari bo'yicha viloyat maxsus komissiyasi;

Viloyat hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari
Niyozov Xolmirza O‘zganovich
Telefon: 71-232-80-59
E-mail: x.niyozov@toshvil.uz
Qabul kunlari: Juma 14:00 dan 16:00 gacha
Tarjimai hol
MЕHNAT FAOLIYATI
1982-1983 yy. - Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani jamoa xo‘jaligi a’zosi
1983-1985 yy. - Harbiy xizmatda
1985-1990 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi
1990-1994 yy. - Farg‘ona viloyati "O‘zdaverloyiha" loyihalash instituti muhandisi
1994-1996 yy. - Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani yer tuzish va yerdan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i
1996-1998 yy. - Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi yer tuzish va yerdan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi
1998-2000 yy. - Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari - nazorat inspeksiyasi boshlig‘i
2000-2002 yy. - Farg‘ona viloyati yer resurslari boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
2002-2004 yy. - Farg‘ona viloyati yer tuzish va yerdan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i
2004-2007 yy. - Farg‘ona viloyati Buvayda tumani hokimi
2007-2008 yy. - Farg‘ona viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi yerdan foydalanish sho‘’basi boshlig‘i
2008-2008 yy. - "O‘zdaverloyiha" instituti Farg‘ona filiali direktori
2008-2009 yy. - Farg‘ona viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i
2009-2011 yy. - Farg‘ona viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i
2011-2012 yy. - Farg‘ona viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi bosh muhandisi
2012-2015 yy. - Farg‘ona viloyati hokimligi qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudiri
2015-2015 yy. - "O‘zdaverloyiha" instituti Farg‘ona filiali direktori
2015-2016 yy. - Farg‘ona viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining agrotexnologiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
2016-2016 yy. - Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi boshlig‘i
2016-2022 yy. - Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hokimi
2022 y. - h.v. - Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Majburiyatlar
Viloyat hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlari, Toshkent viloyati hokimining mazkur majmua faoliyatiga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining bajarilishi bo'yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta'minlashga va nazorat qilishga shaxsan javob beradi.
- Viloyatning qishloq va suv xo'jaligi masalalari faoliyatini boshqaradi;
- Majmua tarkibidagi bosh boshqarma, boshqarma, idora va tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni ta'minlaydi;
- Qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o'zgartirishni ta'minlaydi;
- dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg'or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko'rish, qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar, bo'g'inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste'molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo'jaligi ob'ektlaridan foydalanish ishlarining va sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtiradi;
- qishloq xo'jaligini, suv xo'jaligini va o'rmon xo'jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko'radi;
- chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun'iy urug'lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko'rsatish tarmog'ini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi;
- ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini etishtirish, tirik pilla etishtirishni ko'paytiradi;
- tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta'minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshiradi;
- qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob'ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
- mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha qishloq va suv xo'jaligi korxonalariga, birlashma va korxonalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishiga, qishloq va suv xo'jaligi korxonalari rivojlanishini ta'minlash ishlariga rahbarlik qiladi.
- qishloq va suv xo'jaligi infratuzilmasini rivojlantirishga oid takliflarni ko'rib chiqadi va nazorat qiladi;
- agrosanoat kompleksi sohasiga oid boshqarma va tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
- qishloq xo'jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahsulot etishtirish samaradorligini oshirish, bu borada to'plangan ilg'or tajribalarni o'rganish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar o'rnatish;
- agrosanoat kompleksi tizimidagi boshqarma va tashkilotlarning tartib va mehnat intizomiga rioya qilishini ta'minlash;
- majmua tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo'yish, tayinlash va vazifasidan ozod etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qilish;
- majmuaga qarashli rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahrasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi. Zaxiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarini tashkil etadi;
- hokimning qabul qiladigan qaror, farmoyish va hujjatlarini loyihalarini ekspertizadan o'tkazish va sifatli tayyorlashda Toshkent viloyati iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi va axborot-tahlil guruhi bilan hamkorlik olib boradi;
- Viloyat hokimi qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolaydi.
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko'rib chiqadi. Tasdiqlangan jadvalga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
- O'z vakolati doirasida O'zbekiston Respublikasi hukumat organlarida viloyat hokimligi nomidan vakillik qiladi;
Quyidagilar faoliyatini muvofiqlashtiradi va birgalikda ishlarni tashkil etadi:
Viloyat hokimligi qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha kotibiyati;
- Qishloq xo'jaligi boshqarmasi;
- “Chirchiq-Ohangaron” ITXB va unga qarashli tizim tashkilotlari;
- “Viloyat “Agroinspekiya” boshqarmasi boshlig'i
- “G'alla-Altek” aktsiyadorlik jamiyati“Oxangarondon” aktsiyadorlik jamiyati
- “Toshkentdonmahsulot” aktsiyadorlik jamiyati;
- “Toshkent Agroservis MTP” mas'uliyati cheklangan jamiyati;
- “Agrolizing” aktsiyadorlik jamiyati viloyat filiali;
- Viloyat “Agrokimyohimoya” hududiy aktsiyadorlik jamiyati;
- O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari viloyat Kengashi;
- “Toshkent Agro-Pilla” mas'uliyati cheklangan jamiyati;
- “Pillachilik va qorako'lchilik”ni rivojlantirish boshqarmasi
- Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi;
- Hududiy “Chorvanasl” markazi
- Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi;
- Toshkent sholi, don va dukkakli ekinlar ilmiy tajriba stantsiyasi;
- O'simliklar karantini davlat inspektsiyasi;
- “Ugam-Chotqol” Davlat tabiat milliy bog'i, viloyatdagi barcha o'rmon xo'jaliklari;
- Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati Toshkent viloyati bo'limi;
- Uzkeysservis QK viloyat servis markazi;
- Uzklasservis MChJ viloyat servis markazi;
- O'zbekiston Respublikasi Inovatsion rivojlantirish vazirligi huzuridagi urug'chilikni rivojlantirish markazi DUK;
- “O'zgidromet” markazi viloyat bo'yicha boshqarmasi;
- “Toshkent suv qurilish invest” DUK;
- “Agrokimyo” stantsiyasi;
- “Toshkent baliqsanoat” mas'uliyati cheklangan jamiyati.
Quyidagilar bilan hamkorlikni uyushtiradi:
- “O'zdonmahsulot” aktsiyadorlik jamiyati;
- “O'zneftmahsulot” aktsiyadorlik jamiyati;
- “O'zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyati;
- “O'zagroservis” aktsiyadorlik jamiyati;
- “O'zagrolizing” aktsiyadorlik jamiyati;
- «O'zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi;
- majmua faoliyati bilan bog'liq boshqa vazirlik va idoralar;
Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:
- Qishloq xo'jaligida iqtisodiy-islohotlarni chuqurlashtirish viloyat komissiyasi;
- Viloyatda er uchastkalarini qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun (realizatsiya qilish) tanlash va ajratish bo'yicha doimiy ishlovchi komissiyasi.

Viloyat hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari
Maxmudov Shukurulla Nasimxonovich
Telefon: 71-232-80-42
E-mail: sh.maxmudov@toshvil.uz
Qabul kunlari: Seshanba 10:00 dan 12:00 gacha
Tarjimai hol
MЕHNAT FAOLIYATI
1991-1996 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti talabasi
1996-2000 yy. - “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi “O‘zneftgaznazorat” Toshkent viloyati bo‘limi 2-toifali muhandis-texnologi
2000-2004 yy. - O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi Toshkent viloyati bo‘limi muhandis-texnologi, yetakchi muhandis-texnologi
2004-2006 yy. - O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi Toshkent viloyati bo‘limi yetakchi mutaxassisi
2006-2006 yy. - “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining Tabiiy gazdan oqilona foydalanish bo‘limi boshlig‘i
2006-2006 yy. - “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi Tabiiy gazdan oqilona foydalanish bo‘limi boshlig‘i
2006-2009 yy. - O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, bosh texnologi
2009-2014 yy. - O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i
2014-2016 yy. - “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi
2016-2018 yy. - “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi “Markazgazta’minot” unitar korxonasi direktori
2018-2018 yy. - “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali boshlig‘i
2018-2022 yy. - Toshkent viloyati Angren shahar hokimi
2022 y. - h.v. - Toshkent viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (30.12.2021 yildagi PQ-76-son qaroriga asosan lavozimi o‘zgartirilgan)
Majburiyatlar
Viloyat hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlari, Toshkent viloyati hokimining mazkur majmua faoliyatiga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining bajarilishi bo'yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta'minlashga va nazorat qilishga shaxsan javob beradi.
- Toshkent viloyatining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari faoliyatini boshqaradi;
- Majmua tarkibidagi bosh boshqarma, boshqarma, idora va tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni ta'minlaydi;
- kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshiradi;
- pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
- qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish choralarini ko'radi;
- muhandislik va yo'l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
- transport xizmati ko'rsatishni yaxshilash bo'yicha choralar ko'radi;
- kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish sub'ektlari o'rtasida bozor munosabatlarini joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- Toshkent viloyatida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o'tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo'llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo'yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish choralarini ko'radi;
- Viloyatning me'moriy ko'rinish va qurilish sohasidagi yagona siyosatini amalga oshirilishini ta'minlaydi;
- Toshkent viloyatining ma'muriy qurilishi va qayta qurilishi bosh rejasini, Toshkent viloyati rivojining dasturi, uning muhandislik infrastrukturalarini ishlab chiqishga rahbarlik qiladi;
- Qurilish mahsulotlari va qurilish sifatini nazorat qiluvchi davlat va idoraviy organlarning ishini muvofiqlashtiradi;
- Toshkent viloyati qurilishi va me'morchilikning sifat darajasiga bo'lgan zamonaviy talablarga amal qilinishi, kapital tushumlarning samarasini ko'tarish bilan birga investitsiya jarayoni muddatlarini qisqartirish nazoratini ta'minlaydi;
- Kapital qurilish va binokorlik materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan bog'liq tadbirlarni amalga oshirishni nazorat qilib boradi;
- Kapital qurilishni moddiy-texnika ta'minoti va ularni mablag' bilan ta'minlash masalalarini hal qiladi;
- Davlat organlarida, iqtisodiy tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob'ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish choralarini ko'radi;
- Kapital qurilish inshootlarini moliyaviy ta'minoti uchun ajratiladigan pul mablag'lari xarajatini nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
- Qabul hay'atlarining ishi, tarkibi masalalarini ko'rib chiqib, alohida inshootlar bo'yicha hay'at ishida qatnashadi;
- Qurilish kompleksida pudrat, loyiha ishlariga bo'lgan davlat buyurtmasini tender asosida joylashtirishni, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta'minlaydi;
- majmua tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo'yish, tayinlash va vazifasidan ozod etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qilish;
- Toshkent viloyati hokimi qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolaydi;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko'rib chiqadi. Tasdiqlangan jadvalga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
- O'z vakolati doirasida O'zbekiston Respublikasi hukumat organlarida viloyat hokimligi nomidan vakillik qiladi;
Quyidagilar faoliyatini muvofiqlashtiradi va birgalikda ishlarni tashkil etadi:
- Viloyat hokimligi kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha kotibiyati;
- Viloyat qurilish bosh boshqarmasi;
- Viloyat er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi;
- "YAgona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi;
- Viloyat davlat arxitektura-qurilish nazorati inspektsiyasi;
- Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish viloyat hududiy konsalting markazi;
- O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi viloyat boshqarmasi;
- “O'zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi “Toshkenttelekom” mintaqaviy filiali;
- “Qishloq qurilish invest” MChJ ixtisoslashtirilgan sho''ba Injiniring kompaniyasi viloyat filiali;
- “O'zneftgaz inspektsiya” davlat inspektsiyasining viloyat bo'limi;
- “Sanoatkontexnazorat” viloyat bo'limi;
- “Energonazorat” viloyat bo'limi;
- “O'zneftmahsulot” aktsiyadorlik jamiyati “Paxta” neftmahsulotlari bazasi unitar korxonasi;
- “O'zneftmahsulot” aktsiyadorlik kompaniyasi “Kuchluk” neftmahsulotlari bazasi unitar korxonasi;
- Viloyat avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi;
- Viloyat davlat ekspertiza boshqarmasi;
- Viloyat “Avtomotoxavaskorlar” jamiyati;
- “Toshviltrans” hududiy uyushmasi;
- “Toshkent ikkilamchi qora metall” MChJ tashkiloti;
- Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli;
- Viloyat maxsus ekpluatatsiya-montaj bo'linmasi;
- O'zbekiston transport agentligi viloyat boshqarmasi;
- “Avtomagistral” ixtisoslashtirilgan avtomobil yo'llarini qurish ta'mirlash birlashmasi unitar korxonasi;
- O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi;
- Viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi”;
Quyidagilar bilan hamkorlikni uyushtiradi:
- Viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi;
- Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi;
- O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi;
- O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi;
- O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi;
- “O'zbekiston havo yo'llari” Milliy kompaniyasi;
- “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati;
- Qurilish va loyihalash tashkilotlari.
Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:
- Viloyatda kapital qurilish, qayta ta'mirlashda pudrat tashkilotlarini aniqlash uchun tanlov (tender) savdolarini o'tkazuvchi doimiy asosda ishlovchi komissiya;
- Viloyat hududida shahar atrofi va shaharlararo (viloyat ichida) yo'lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi;
- Viloyat jismoniy va yuridik shaxslarga er qonunchiligi, shaharsozlik normalari va qoidalari asosida er uchastkalarini berish amaliyotini o'rganish bo'yicha doimiy ishlovchi komissiyasi;
- Viloyat hokimligi huzuridagi yong'in xavfsizligi bo'yicha komissiyasi;
- Viloyat hududida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash komissiyasi;
- Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o'tkazib yuborishni ta'minlash, qor ko'chish va er ko'chki hodisalari xavfini kamaytirish bo'yicha viloyat komissiyasi komissiyasi.

Viloyat hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari
Meliev Barhayot Baxtiyorjonovich
Telefon: 71-232-80-46
E-mail: b.meliyev@toshvil.uz
Qabul kunlari: Chorshanba 10:00 dan 12:00 gacha
Tarjimai hol
Mehnat faoliyati
Majburiyatlar
Viloyat hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlari, Toshkent viloyati hokimining mazkur majmua faoliyatiga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining bajarilishi bo'yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta'minlashga va nazorat qilishga shaxsan javob beradi.
Toshkent viloyatining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha majmua kotibiyatining faoliyatini boshqaradi hamda kotibiyat tarkibidagi bosh boshqarma, boshqarma, idora va tashkilotlar rahbarlari bilan quyidagi asosiy yo'nalishlarda asosiy vazifalarni amalga oshiradi. Xususan,
Aholining ehtiyoj va talablarini o'rganish asosida shaharlar infratuzilmasi, obodonlashtirish va kommunal xo'jalik masalalarini rivojlantirish bo'yicha qisqa va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishini ta'minlash sohasida:
- shaharlarda istiqomat qilayotgan aholini joylashgan joyi, aholining ehtiyojlari va talablarini o'rganish asosida “Namunaviy mahalla”larni rekonstruktsiya qilish va zamonaviy yangi dahalarni barpo etish bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- shahar va tumanlardagi ijtimoiy soha ob'ektlarini ta'mirlash va rekonstruktsiya qilish hamda zamonaviy ko'rinishdagi yangilarini qurish bo'yicha ishlab chiqiladigan Investitsiya dasturlarini shakllantirishda takliflar kiritish va ishtirok etish;
- shaharlarni iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va xizmat ko'rsatishlarni joriy etish bo'yicha ishlab chiqilayotgan dasturlarni shakllantirishda ishtirok etish, shaharlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol muammolarini hal etish choralarini ko'rish;
Shaharlarda transport xizmatini yaxshilash, olib borilayotgan qurilishlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, zamonaviy tejamkor texnologiyalar bilan jihozlash tadbirlarini amalga oshirish sohasida:
- shaharlarda transport xizmati ko'rsatishni yaxshilash, yo'lovchi tashish transporti faoliyatini boshqarishni muvofiqlashtirish, transport sohasini kompleks rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va transportdan foydalanish sohasida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini muvofiqlashtirish;
-shaharlarning muhandislik va yo'l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- shaharlarda, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shaharlarning ma'muriy qurilishlarining me'moriy ko'rinishi va qayta qurilish bosh rejasini, qurilishlarda bunyodkorlik dasturlari, uning muhandislik infrastrukturalarini ishlab chiqishga rahbarlik qilish, shuningdek, er va shaharsozlik davlat kadastrlarini shakllantirish va yuritish bo'yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilash;
- shaharlarda olib borilayotgan qurilishlar faoliyatini to'g'ri tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirishda pudrat va loyiha ishlarini bajarilishi yuzasidan nazoratni ta'minlash;
Shaharlar va tumanlardagi kommunal xizmat ko'rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish sohasida.
- ko'p qavatli uy-joylarga ko'rsatilayotgan kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, boshqaruv servis kompaniyalarini tashkil etish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- uy-joy fondi, kommunal va yoqilg'i-energetika xo'jaligini rivojlantirish, ulardan foydalanish tarmoqlararo va idoralararo boshqaruvi masalalari bilan shug'ullanish va energetika majmuasini muvofiqlashtirish;
- shahar va tumanlardagi iste'molchilarni uzluksiz elektr va issiqlik energiyalari, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlash, shuningdek, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash va sanitariya jihatidan tozalash tizimini yaxshilash, kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanishning yaxshilangan yagona tizimining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va uning bajarilishi nazoratini olib borish;
- shahar va tumanlardagi aholi punktlarini obodonlashtirish, atrof muhitni ko'rkamlashtirish va ko'kalamzorlashtirish bilan bog'liq masalalarni hal etish bilan shug'ullanadi;
- ko'rsatilayotgan uy-joy kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Kotibiyat tizimidagi rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi, kotibiyat tizimidagi tashkilot va idoralarning rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod etish bo'yicha viloyat hokimi, yuqori tashkilotlar rahbariyati bilan hamkorlik qilish;
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va Toshkent viloyati hokimining kotibiyat faoliyatiga oid qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolaydi;
Hokimning qabul qiladigan qaror, farmoyish va hujjatlarini loyihalarini ekspertizadan o'tkazish va sifatli tayyorlashda axborot-tahlil guruhi bilan hamkorlikni olib boradi;
Tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O'zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo'yicha me'yoriy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;
O'z yo'nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etib borish;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko'rib chiqadi. Tasdiqlangan jadvalga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
O'z vakolati doirasida O'zbekiston Respublikasi hukumat organlarida viloyat hokimligi nomidan vakillik qiladi;
Quyidagilar faoliyatini muvofiqlashtiradi va birgalikda ishlarni tashkil etadi:
- Shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha kotibiyati;
- Viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmasi;
- “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati;
- “Hududgaz Toshkent” gaz ta'minoti filiali;
- “Toshkent suv ta'minot” mas'uliyati cheklangan jamiyat;
- Viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi;
- “Toshkent ko'mir ta'minot” mas'uliyati cheklangan jamiyat;
- Ko'p qavatli uy-joy fondi sohasini nazorat qilish inspektsiyasi;
- Viloyat ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi;
- “Toza hudud” davlat unitar korxonasi;
- Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi;
- “Suv ta'minoti va oqova suv ob'ektlari qurilishi
bo'yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent hududiy boshqarmasi;
- “Ko'p xonadonli uylarni va issiqlik ta'minoti ob'ektlarini qurish bo'yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent viloyati filiali.
Shuningdek, shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha kotibiyatiga oid masalalarda:
- “YAgona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
- Viloyat qurilish bosh boshqarmasi;
- Viloyat davlat arxitektura-qurilish nazorati inspektsiyasi;
- Viloyat davlat ekspertiza boshqarmasi;
- Viloyat avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi;
- Viloyat bo'yicha davlat arxitektura-qurilish nazorati inspektsiyasi;
- Viloyat transport boshqarmasi;
- Viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi;
- Viloyat maxsus ekpluatatsiya-montaj bo'linmasi;
- “O'zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasining “Toshkenttelekom” filiali;
- “O'zneftegaz inspektsiya” davlat inspektsiyasining Toshkent hududiy boshqarma;
- “Energonazorat” viloyat bo'limi;
Quyidagilar bilan hamkorlikni uyushtiradi:
- Viloyat hokimligining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari majmuasi;
- “O'zsuvta'minot” Aktsiyadorlik Jamiyati;
- Viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi;
- Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi;
- O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi;
- “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati;
- Qurilish va loyihalash tashkilotlari.
Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:
- Uy-joy kommunal xo'jaligida islohotlarni olib borish Dasturining bajarilishi va tariflarni o'sishi yoki kamayishi bo'yicha monitoring o'tkazuvchi viloyat komissiyasi;
- Shaharsozlik qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish bo'yicha ishchi guruhi;
- Idoralararo toifalangan ob'ektlarni qo'riqlanishini nazorat qilish komissiyasi.