Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Bo'stonliq tumani erkin turistik zonasi hududida faoliyat yuritayotgan chorvador fermer xo'jaliklari, qishloq xo'jaligi korxona rahbarlari hamda mahalla raislari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil qilindi.
Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari Xolmirza Niyozov hamda soha mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida fermer xo'jaliklari va boshqa qishloq xo'jaligi korxonalari bilan er uchastkalarini ijaraga olish shartnomalariga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish xususida ma'lumotlar berildi.
Muloqot davomida fermer va qishloq xo'jaligi korxonalariga biriktirilgan qishloq xo'jaligida foydalaniladigan er maydonlarida manzarali, mevali hamda dorivor o'simliklar plantatsiyalari tashkil etish orqali yangi ish o'rinlarini yaratish va aholini daromadini oshirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.