Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Bugun — Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni

photo2021-09-2610-18-40.jpg

Davlat xavfsizlik xizmati idoralari saflarida sharaf va mas'uliyat bilan xizmat qilayotgan soha hodimlarini — umrini yurt tinchligi va osoyishtaligi, el ravnaqi va farovonligi, davlat va xalq manfaatlari ximoyasiga bag'ishlagan yurtdoshlarimizni bugungi qutlug' sana, 26 sentyabr — O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugun mamlakatimizda davlat xavfsizlik xizmati tashkil topganining qutlug' 30 yilligi ham nishonlanmoqda. Hech shubhasiz aytish mumkinki, Istiqlolimizning ilk kunlaridayoq bu tizimga asos solinishi yosh davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda o'ta muhim va strategik qadam bo'lgan edi.

Fursatdan foydalanib, mamlakatda xavfsizlik, jamiyatda yuksak ma'naviy-ahloqiy barqarorlikni ta'minlash bo'yicha muhim vazifalarni mardonavor ado etib kelayotgan soha hodimlariga mustahkam sog'liq, sharafli va mas'uliyatli ishlarida hamisha zafar va muvaffaqiyatlar, oilalariga tinchlik va xotirjamlik, baxt va iqbol tilaymiz!

Kasb bayramingiz muborak bo'lsin!