Bizning yangi veb saytimiz
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 73

Bugun Chirchiq shahridagi “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki”da hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o'z ishini boshladi.

img20220804115833592.jpg

Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalarning sanoat salohiyatini yanada oshirish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur nufuzli sanoat anjumani yuzlab tadbirkor va ishbilarmonlar uchun katta bitimlar va kelishuvlar maydoniga aylanishi shubhasiz.

img20220804115835353.jpg

YArmarkada metallurgiya, kimyo sanoati, elektroenergiya, elektrotexnika, qurilish materiallari ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi texnikasi hamda maxsus texnikalar uchun zarur bo'lgan import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mahalliy ishlab chiqarish korxonalari ishtirok etmoqda. Shuningdek, 249 ta tarmoq va hududiy korxonalar o'zlarining 1500 dan ortiq turdagi mahsulotini ushbu yarmarkada namoyish etish ihmkoniga ega bo'ldi.

img20220804115836839.jpg

Anjumanda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev ishtirok etmoqda.

Sanoat yarmarkasi bugun va ertaga ham o'z ishini davom ettiradi.

Bizni kuzatib boring.