Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Bekobod tuman hokimligi hokim o‘rinbosari lavozimiga tanlov e’lon qiladi

Toshkent viloyati Bekobod tuman hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali bilan hamkorlikda “Tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari” vakant lavozimini malakali va eng munosib nomzod egallashi maqsadida ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

Nomzodga qo‘yiladigan malaka talablar quyidagicha:

1) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
2) Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi, strategik va tahliliy fikr yurita olishi, qarorlarni tez qabul qila olishi hamda ularni bajara olishi;
3) oliy ma’lumotga ega (xorijiy oliy ma’lumot ustunlik beradi);
4) davlat tilini mukammal darajada biladi (xorijiy tillarni yaxshi bilish ustunlik beradi);
5) yuklatilgan vazifalarni sifatli va samarali bajara oladigan;
6) odob-ahloq normalariga rioya etadi;
7) oxirgi uch yil davomida davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda bo‘shatilmagan;
8) davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan;
9) ohirgi 2 yil davomida boshqaruv lavozimlarida yoki mazkur lavozimga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlagan bo‘lishi lozim.
10) binolar va inshootlar qurilishi, arxitektor, yo‘l qurilishi, issiqlik-energetika, geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalar bo‘yicha), shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish, muhandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha) mutaxassisliklariga ega bo‘lgan shahslarga ustunlik beriladi;
11) davlat fuqarolik xizmatiga doir qonun hujjatlarini qo‘llash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan;
12) Windows amallari, dasturlar bo‘yicha mukammal bilim va uni qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
13) Kompyuter texnikalarining ishlashini ta’minlash va nosozliklarni bartaraf qilishni tashkil qila olishi;
14) Zamonaviy raqamli vositalarni ishlata olish qobiliyatiga ega bo‘lishi.
E’tibor bering!
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 3 ta bo‘sh ish o‘rni uchun ariza bilan murojaat etish imkoniga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron so‘rovnomani to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.
Tanlov bosqichlari haqidagi ma’lumotlar bilan Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimligining rasmiy sayti hamda (99) 406-04-88 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.
Hujjatlarni qabul qilish muddati
2020 yilning 29 sentyabr kunidan 13 oktyabr kuniga qadar davom etadi
1- bosqich – hujjatlarni qabul qilish;
2- bosqich – nomzodlarning vakant lavozimga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini o‘rganish;
3- bosqich – nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish;
4- bosqich – nomzodni ishga qabul qilish to‘g‘risida tavsiya berish.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish muddati o‘tganidan so‘ng yuborilgan ariza va hujjatlar qabul qilinmaydi.