Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati bo'limi hamda O'zbekiston Davlat filormoniyasi Toshkent viloyati bo'linmasi tomonidan Qibray tumanida joylashgan "Do'rmon" madaniyat saroyida O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "YAngi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" bosh g'oyasi asosida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati bo'limi rahbari Sayyora Fayzieva, Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Avaz Shomurodov, O'zbekiston Davlat filormoniyasi viloyat bo'linmasi rahbari Sharofiddin Murodov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, shoira Malika Salimova so'zga chiqdi.
Tadbirning badiiy qismida O'zbekiston Davlat filormoniyasi viloyat bo'linmasi xushovoz xonandalari va raqqosalari o'z chiqishlari bilan mehmonlarni xushnud etdi.