Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari piyoda xolda kirib kelgan ikki nafar yo'lovchining qo'l sumkalari bojxona nazoratidan o'tkazilganida non orasiga yashirilgan 18 000 AQSh dollari, hamda yana bir fuqaro kiyimlari ichiga o'rab yashirilgan 18 000 AQSh dollari va yana bir fuqaro belgilangan tartibda shaxsiy ko'rikdan o'tkazilganida, eginidagi shimining chap cho'ntagida va qorin qismiga kamar bilan qistirilgan xolda yashirilgan, yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko'rsatilmagan hamda og'zaki so'rovda ma'lum qilmagan 18 000 AQSh dollari borligi aniqlandi.
Ushbu fuqarolar tomonidan boshqa bir fuqarodan umumiy kiymati 54 000 AQSh dollariga teng bulgan chet el valyutasini davlatimizdan qo'shni davlatga ma'lum bir xaq evaziga olib o'tayotganligi ma'lum qilishdi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.