Bizning yangi veb saytimiz
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 73

2022 yilda viloyatda gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog'liq 1,5 mingga yaqin holatlar kuzatilgan

photo2023-02-1517-22-40.jpg

“Hududgaz Toshkent” gaz ta'minoti filiali xodimlari tomonidan viloyat bo'yicha xonadonlar kesimida xatlov o'tkazilganida, iste'molchilar tomonidan ko'plab qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.

Gazdan qarzordorlik sabab, tarmoqdan uzib qo'yilgan xonadon egalari o'zboshimchalik bilan rezina shlanglardan foydalangan holda qayta ulanib olishgan.

YA'ni, ana shunday 1484 ta holat qayd etilib, jami etkazilgan zarar 259 million so'mni ko'rsatgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli tartibda choralar ko'rilgan, dalolatnomalar tuzilib, tegishli organlarga yuborilgan.

Qayd etish lozim, mazkur vaziyatda gaz sarfini hisoblash uchun uskunaning 24 soat davomida to'liq quvvat bilan ishlashidan kelib chiqqan holda jarimalar belgilanadi.

Shuningdek, xatlov jarayonida boshqa xonadonlarda ham bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borildi.