Toshkent viloyatida 2022 yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 9 111,1 milliard so'mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 75 foizini tashkil etdi.
O'sish sur'ati 2021 yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 107,7 foizni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik sub'ektlarining eng ko'p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Zangiota tumani (963 mlrd. so'm), Qibray tumani (924,3 mlrd. so'm), Yuqori Chirchiq tumani (690 mlrd. so'm), Quyi Chirchiq tumani (651,4 mlrd. so'm), Toshkent tumani (633,9 mlrd. so'm), Nurafshon shahri (604,1 mlrd. so'm) hamda Chirchiq (522,5 mlrd. so'm) shaharlarida qayd etilgan.